Sayohat qiliş davomida dunyo mamlakatlarining madaniyat va urf-odatlarini örganiş bilan bir qatorda uşbu mamlakatlar oşxonasi bilan ham yaqindan tanişiş imkoniyati mavjud.

Qpasa.com sayti dunyodagi eng ekzotik restoranlarning Top-10 talik röyxatini e'lon qildi.

The Rock Restaurant – Zanzibar

Foto: diary.travel

Zanzibarning şarqiy qirğoğidagi uşbu restoran, dengiz sohilidan unça uzoq bölmagan hududda, suvning örtasida joylaşgan. Siz restoranga tölqin kuçli bölgan paytda kanoeda, boşqa paytlarda esa piyoda ham borişingiz mumkin. Restoran loy, qum, toş, somon, yoğoç kabi tabiiy materiallardan foydalangan holda mahalliy uslubda qurilgan va dengiz mahsulotlarini tanovul qilişga ixtisoslaşgan.

Ali Barbour’s Cave Restaurant – Keniya 

Foto: Ali Barbour's Cave Restaurant

 Siz ğorda ovqatlanişni xohlaysizmi? Buning uçun Keniyadagi Ali Barbour’s Cave restoraniga taşrif buyurişingiz mumkin. Uşbu maskan noyob ohaktoş bilan öralgan ğorning içida joylaşgan bölib, oçiq tomga ega. Yulduzli osmon unga öziga xos joziba baxş etadi. Restoran Afrika uslubida bezatilgan va köplab öziga xos romantik çiroqlarga ega.

Soneva – Maldiv orollari  

Foto: Pinterest

Dunyodagi eng ajoyib restoranlardan biri Maldiv orollarida joylaşgan. Uşbu noyob gastronomik majmua suv ustida qad rostlagan bölib, yoğoç ustunlar tayanç vazifasini ötaydi. Bu yerda siz yapon, xitoy va boşqa dunyo oşxonalarida pişiriladigan xilma-xil ovqatlarning tanloviga ega bölişingiz mumkin.

Lumilinna Snow Castle Restaurant – Finlandiya