Emlangan amerikaliklarga jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berildi
AQShning 119 million aholisi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi va emlangan amerikaliklar endi jamoat joylarida niqobsiz yurishi mumkin. Bu imkoniyatga vaksina qabul qilishga rag‘bat sifatida qaralmoqda.

Foto: The New York Times
Payshanba kuni federal salomatlik rasmiylari emlangan amerikaliklar jamoat joylarida niqobsiz yurishi mumkinligi va ijtimoiy masofa saqlashi shart emasligini ma'lum qildi. Bunga Qo‘shma Shtatlarda pandemiya nihoyasiga yetishi mumkinligining aniq belgisi sifatida qaralmoqda.
Tibbiy niqoblardan foydalanishni to‘xtatishga ruxsat berish, emlashni hali xam davom ettirayotgan millionlab odamlarga rag‘bat beradi.
Chorshanba kunigacha, taxminan, 155 million kishi Covid-19 vaksinasining kamida bitta dozasini olgan va amerikaliklarning taxminan, uchdan bir qismi, ya'ni 119 million kishi to‘liq emlangan.
Biroq emlash tezligi susaygani aytilmoqda. Vaksina bilan ta'minlovchilar kuniga 2,09 million doza vaksina yetkazib bermoqda, bu aprel oyining o‘rtalarida qayd etilgan 3,38 millionlik ko‘rsatkichdan 38 foizga kam degani.
Avvalroq AQShda Johnson & Johnson kompaniyasining 15 mln doza vaksinasi Baltimor shahridagi zavodda yo‘l qo‘yilgan xatolik sababli yaroqsizga chiqarilgani ma'lum qilingandi.
Zavod ishchilari Johnson & Johnson vaksinasiga boshqa kompaniya vaksinasi tarkibiy qismlarini qo‘shib yuborishgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi

08:24 / 19.05.2025
AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenda saraton kasalligi aniqlandi

17:19 / 07.05.2025