O‘zbekiston | 10:35 / 09.07.2022
14963
3 daqiqa o‘qiladi

Urganch davlat pedagogika instituti tashkil etiladi

Foto: Shutterstock

«Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Unda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qo‘yilgan.

2022/2023 o‘quv yilida Urganch davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini tegishliligi bo‘yicha Urganch davlat pedagogika institutida boshlaydi.

Urganch davlat pedagogika institutiga o‘tadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar:

  • 60110100 – Pedagogika
  • 60110200 - Maktabgacha ta’lim
  • 60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
  • 60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 60111300 - Musiqa ta’limi
  • 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
  • 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
  • 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • 60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
  • 60112200 - Jismoniy madaniyat
  • 60112300 - Texnologik ta’lim

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 70110101 - Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
  • 70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
  • 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
  • 70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
  • 70111301 - Musiqa ta’limi va san’at
  • 70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
  • 70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).

Urganch davlat pedagogika instituti faoliyatini moliyalashtirish 2022 yilda respublika budjetidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2023 yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Yangidan tashkil etilayotgan Urganch davlat pedagogika institutining dastlabki faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan joriy ta’mirlash va zarur jihozlarni xarid qilish ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Urganch davlat universitetining Urganch shahri, Gurlan ko‘chasida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi hamda mavjud barcha jihozlari bilan birgalikda Urganch davlat pedagogika institutiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Mavzuga oid

E`lonlar