Ötgan yillar davomida ön minglab insonlarning qurbon bölişiga olib kelgan Arab-Isroil uruşi goh susayib, goh avj oladi, ammo heç qaçon butkul töxtamaydi.

BMT, dunyoning global lider davlatlari har doimgidek bu holatdan taşvişda ekanligini bildiradi, maslahatlaşuvlar ötkazadi, ammo Isroil va Falastin örtasidagi mojaroga barham berilmaydi.

Ular nega bir-birlarini bunçalik yomon körişadi? Nima uçun butun dunyo bu nizoning barçani qanoatlantiradigan yeçimini topolmaydi?

Özaro munosabatlarning keskinlaşuvi

Arab davlatlari va Isroil örtasidagi aloqalarning jiddiy keskinlaşuv tarixi 1947 yilning 29 noyabr sanasiga borib taqaladi. BMTning maxsus qömitasi Falastinda ikki davlat: ham arab, ham yahudiy davlatini tuziş böyiça qaror qabul qildi. 1948 yilning 14 may sanasida mustaqil Isroil davlati taşkil topgani e'lon qilindi, ammo Falastin arab davlati tuzilmay qoldi. Natijada bir qança arab davlatlari Isroilga qarşi uruş oçadi. Aynan şu voqealar fonida hozirga qadar hal qilinmay kelinayotgan arab–yahudiy nizosi yuzaga keladi. Ötgan 70 yildan oşiq vaqt davomida olib borilgan uruşlar, muzokaralarning heç qaysisi tölaligiça tinçlik tiklanişiga olib kelmadi.

Quyida bugungi Arab-Isroil munosabatlarida uruş va ixtiloflarga sabab bölayotgan asosiy muammolar körib çiqiladi.

Birinçi muammo: Quddusni kim nazorat qilişi

Tarixiy jihatdan musulmonlar uçun ham, yahudiylar uçun ham muhim bölgan Quddus şahri maqomi Isroil va Falastin örtasidagi barça muzokaralarda ötib bölmas tösiq bölib qolmoqda. Isroil 1980 yilda Quddusni özining yagona va bölinmas poytaxti deb e'lon qilgan. Jahon hamjamiyati esa bu qarorni noqonuniy deb hisoblaşga çaqirib keladi. Ayniqsa, bu masala Donald Trampning prezidentligi davrida yanada keskinlaşdi. Dastlab Trampning Amerika elçixonasini Tel-Avivdan Quddusga köçirişga qaror qilgani ommaviy namoyişlar va önlab kişilarning ölimiga sabab böldi. Keyinçalik u Isroilning poytaxti «bölinmas» Quddus şahrida bölişini taqozo etadigan, şuningdek, Falastin davlatining poytaxti ham şarqiy Quddusning şarqiy qismida bölişini közda tutuvçi özining «Asr kelişuv»ini taklif qildi, ammo Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos «Quddus sotilmasligi»ni hamda Tramp va Netanyahuning kelişuvi Falastin xalqi «tarixning çiqindi çelagiga uloqtirişi»ni ta'kidlagan.

Bu boradagi Isroil bilan nizoni hal qiliş borasidagi muzokaralarda Falastin tomoni «1967 yilgaça» bölgan çegaralarga qaytişni talab qilib keladi. Muammo şundaki, 1967 yilgaça Quddus tölaligiça Isroilga tegişli bölmagan.