Jahon | 16:23 / 14.05.2021
13636
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil G‘azo sektorida tinchlik sulhi tuzish to‘g‘risidagi taklifni rad etdi

Isroil harbiy operatsiyalarini yakunlamagunicha sulh tuzishni rad etgan. Bundan tashqari, G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishda Qohiraning vositachilik qilishiga rozi bo‘lmagan.

Foto: AP Photo/Khalil Hamra

Misr G‘azo sektorida uzoq muddatli sulh e'lon qilish taklifi bilan chiqdi, ammo Isroil bu taklifni rad etdi, deb xabar berdi AP.

Qayd etilishicha, misrlik muzokarachilar dastlab HAMAS yetakchilari bilan uchrashgan, so‘ngra Tel-Avivda isroilliklar bilan muzokara o‘tkazgan.

Agentlikning xabariga ko‘ra, Misr Isroilga bir yillik sulh tuzish va sulhni Qohira nazorat qilishi bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

Al Arabiya nashrining yozishicha, Isroil harbiy operatsiyalarini yakunlamagunicha sulh tuzishni rad etgan. Bundan tashqari, G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishda Qohiraning vositachilik qilishiga rozi bo‘lmagan.

Isroil va G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari o‘rtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boshlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qo‘yib, Quddusdagi Masjidul Aqso atrofidagi hududlar va Shayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuchlarini olib chiqishni talab qilgan, yo‘qsa urush boshlash bilan tahdid qilgan. Bundan avvalroq ushbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Ularning boshlanishiga Isroilning Shayx Jarrohdan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid