«TsAXALning havo va quruqlikdagi qöşinlari ayni vaqtda Ğazo sektoriga hujum qilmoqda», deb aytilgan Isroil armiyasi xabarida.

Netanyahu armiya HAMASni «katta tovon tölaşga majbur qilişini» aytgan. «Oxirgi söz aytilmadi va bu amaliyot Isroilda tinçlik va xavfsizlik tiklanişi uçun qança vaqt zarur bölsa, şunça davom etadi», deb yozgan Isroil boş vaziri Twitter’da. 

The Times of Israel naşrining xabar berişiça, amaliyotda harbiy samolyotlar, vertolyotlar, tanklar va artilleriya iştirok etmoqda.

Isroil armiyasi Ğazo sektori çegarasidan 4 km uzoqlikda bölgan fuqarolarga panohgohlarda yaşirinişni va uni keyingi körsatmalar berilmagunça tark etmaslikni buyurgan. Ta'kidlanişiça, bu ehtiyot çorasi bölib, Isroil hududiga jiddiy javob zarbasi berilişi kutilmayapti.Bundan bir kun avval Isroil qömondonligi Ğazo sektorida quruqlikda amaliyot ötkaziş rejasini işlab çiqqan. Çegaraga qöşimça qöşinlar, jumladan, zirhli tank brigadalari va desantçilar bölinmalari taşlangan. Isroil hujumga ötişga tayyorlanib, zaxiradagi 16 ming harbiyni safarbar qilgan.

Isroil Ğazo sektorida quruqlikdagi harbiy amaliyotni oxirgi marta 2014 yil yozida ötkazgan. Öşanda 7 iyulda boşlangan amaliyot 26 avgustda Ğazoda öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuv bilan yakunlangan. BMT ma'lumotlariga köra, amaliyot vaqtida Falastin tomondan 1462 kişi, Isroildan 6 kişi halok bölgan. 1,6 mingga yaqin odam yaralangan. Ğazo sektorida 60 mingga yaqin uy va 5 mingdan köproq korxona va dökon yöq qilingan.

Isroil va Ğazo sektorini nazorat qiluvçi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari örtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boşlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qöyib, Quddusdagi Masjidul Aqso atrofidagi hududlar va Şayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuçlarini olib çiqişni talab qilgan, yöqsa uruş boşlaş bilan tahdid qilgan. Bundan avvalroq uşbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar örtasida töqnaşuvlar bölib ötgan. Ularning boşlanişiga Isroilning Şayx Jarrohdan falastinlik oilalarni çiqarib yuboriş qarori sabab bölgan.

HAMAS öz talabi bajarilmagaç, Isroilga raketalar bilan zarba berişni boşlagan. Ötgan 3 kun içida Ğazodan Isroil tomon 2 mingtaga yaqin raketa otilgan. Zarbalar davomida Isroilda 7 kişi halok bölgan. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boşlab, HAMAS va «Islom jihodi»ning Ğazodagi obektlariga zarba bera boşlagan. Falastin tomonining xabar berişiça, hujum oqibatida Ğazoda 109 kişi, jumladan, 29 nafar bola halok bölgan.