DXX Farğona viloyati boşqarmasi hamda Departamentning Farğona şahar bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda haydovçilik guvohnomasini olib berişni va'da qilgan ayol pora bilan qölga tuşdi.
Qayd qilinişiça, “Fergana avto Shcoll” mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli haydovçilar tayyorlaş maktabida kotiba vazifasida işlovçi O.I G.A.ni Farğona viloyat içki işlar boşqarmasi YHXB RIBda işlovçi tanişlari orqali unga öqişga kelmasdan, imtihonlarga qatnaşmasdan “V” toifadagi haydovçilik guvohnomasini 10 kun içida olib berişni va'da qilgan. Buning evaziga avtomaktab yonida 3 million 500 ming söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Hozirda O. I.ga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 1-qismi, 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farğonada 200 dollar pora bilan qölga tuşgan boğça mudirasiga jazo tayinlangani haqida ma'lum qilingan edi.










