Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi radar, nazorat markazi va duşman raketasini yöq qiluvçi qurilmadan iborat. U yaqinlaşib kelayotgan raketaning yönalişi va qayerni möljallaganini bir neça soniya içida aniqlaydi. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.

«Temir gumbaz»ning har bitta blokida raketalarni yöq qilişga möljallangan, 20tagaça raketa otadigan uç-törttadan qurilma mavjud. Ular duşman raketasi aholi maskani tomon harakatlangandagina işga tuşadi. Raketa duşman raketasiga kelib urilmaydi, balki uning yonida portlaydi va yöq qiladi. 

Qurilmalarni mobil bloklar yordamida butun mamlakat böylab olib yuriş mumkin – Isroil önta ana şunday blokka ega. Ekspertlarning hisob-kitobiga köra, butun Isroilni himoya qiliş uçun 13ta qurilma kerak böladi.

«Temir gumbaz»ning asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori tezligi hisoblanadi: şaharlarning Ğazo sektori çegarasidan joylaşgan masofasiga qarab raketalarning nişonga yetib borişi 90 soniyadan oşmaydi.

 Qayd etilişiça, «Temir gumbaz» ötgan ön yil davomida 2500tagaça raketani tutib qolgan.

 Ayrim ma'lumotlarga köra,har bir mudofaa raketasining otilişi mamlakat budjetiga 66 ming yevroga tuşadi. Şu bois harbiylar faqat aholi maskanlariga xavf soladigan raketalarnigina urib tuşiradi. AQŞ «Temir gumbaz»ni işlab çiqişni qisman moliyalaştirgan. Vaşington öz ehtiyoji uçun ikkita ana şunday qurilma sotib olgan.