Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi 5-sonli maktabning 9 nafar öquvçisi oliy öquv yurtiga öqişga kirdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, joriy öquv yilida mazkur maktabni 118 nafar öquvçi bitiradi, bugungi kunda ularning 25 nafari 5,5 balldan 7,5 ballgaça bölgan natijalar bilan IELTS topşirgan.

Öquvçilar kirgan oliy ta’lim muassasalari orasida Webster University, TEAM University, MDIS Tashkent, Westminster International University in Tashkent, Polşadagi Vistula University, INHA universiteti, Toşkentdagi Bucheon universiteti, Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xöjaligi va davlat boşqaruvi akademiyasi bor.

“Öquvçilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi işlarida muvaffaqiyat tilaymiz”, deyiladi vazirlik ma’lumotida.