Mamlakatimizda may oyining uçinçi yakşanbasi Özbekiston konçilik metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nişonlab kelinadi.

Uşbu qutluğ sanani Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi bir qator yutuqlar bilan kutib oldi.

Jumladan, davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan e'lon qilingan 2020 yilni eng köp foyda olgan korxonalar röyxatida kombinat ham bölib, jamoa ötgan yilni 3,9 trillion söm foyda bilan yakunlagan.

Kombinat joriy yilning 1-çoragida ham uşbu sur'atni saqlab qolgan holda mahsulot işlab çiqariş rejasini 112,9 foizga, eksport rejasini esa 160 foizga bajarişga erişdi.

Olmaliq şahrida konçi-metallurglar kunida özgaça bir bayramona şukuh hukmron.

Konçi-metallurglar bayrami munosabati bilan Olmaliq şahridagi «Oltin olma» xiyobonida uç kun mobaynida taniqli estrada xonandalari iştirokida konsert dasturlari taşkil etildi. Xalq sayillari va köngiloçar tadbirlar olmaliqliklarga haqiqiy bayramona kayfiyat bağişladi.

Bayram tadbirlari doirasida jajji bolajonlar uçun ham konsert taşkil etildi.

Kombinat mehnat jamoasi uçun bayram tadbiri töliq rekonstruksiya qilingan sanatoriy-profilaktoriy hovlisida ötkazildi.

Bayram munosabati bilan ötkazilgan tantanali tadbirda kombinat boşqaruv raisi mehnat jamoasining erişgan yutuqlarini e'tirof etib, ilğor işçi-xodimlarga «Konçilik şuhrati» kökrak nişonlari, faxriy yorliqlarni va qimmatbaho sovğalarni topşirdi.

Kombinatning 38 mingdan ziyod işçi xodimlariga bir martalik pul mukofoti berildi.