Ma'lum qilinişiça, 8 may kuni Paxtaçi tumani markazida mahalla oralab asosiy köçaga çiqmoqçi bölgan haydovçi özi kutmagan holda tuman IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayevning «qahriga uçragan». Haydovçi asosiy köçaga çiqiş uçun maşinalar oqimi ötib ketişini kutib turganida uning yölini IIB xizmat maşinasi tösib töxtagan. Haydovçi «yöl ber» qabilida signal çalgan.

Şundan söng özini Paxtaçi tuman IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayev deb taniştirgan şaxs kelib, haydovçidan hujjatlarni taqdim etişni söragan. Haydovçi sababini söraganda u odob-axloq normalaridan çetga çiqib avvaliga «hujjatlarni yeyman» deb javob beradi. Keyin esa «kattakon»larga signal çalib bölmasligini aytib, maşinani jarima maydoniga joylaştiradi. Hodisa haydovçining maşinasiga örnatilgan videokuzatuv kamerasiga yozib olingan.

Mazkur hodisa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandan söng tarmoq foydalanuvçilari tomonidan Maqsud Toğayevning xatti-harakatlari keng muhokamalarga sabab bölgan.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmati mazkur masalaga munosabatida öşa kuni tuman markazidagi Mustaqillik köçasida 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan ötkazilayotgan tadbir vaqtida, Damas avtomaşinasi mazkur joyga ötib ketişga uringani uçun xodimlar tomonidan nazoratga olinganini bildirdi.

Ammo videolavhada köriş mumkin, haydovçi mahalladan Mustaqillik köçasiga çiqayotgan vaqtda yöl qatnov uçun oçiq bölgan.

Kun.uz mazkur holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati boşliği bilan boğlanganda u Maqsud Toğayevga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanişi va natijasi keng jamoatçilikka ma'lum qilinişini ta'kidladi.

«Haydovçi bilan muomala madaniyati va odob-axloq qoidalari töğrisidagi buyruq talablarini buzib munosabatga kirişgan Paxtaçi tumani IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayevga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan. Aminman, Intizom ustaviga muvofiq intizomiy jazo çorasi qöllaniladi va buni rasman e'lon qilamiz. Har qanday holatda ham xodim fuqarolar bilan odob-axloq doirasida gaplaşişi kerak. Xodimning xatti-harakatini körib uyalib ketdim. Haydovçi hujjatlari töliq emasligi uçun, xodim muomalasi uçun qonunda belgilangan tartibda javob beradi. Tekşiruv yakuni böyiça rasmiy ma'lumot beriladi», dedi viloyat IIB axborot xizmati boşliği.

Haydovçi videolavhada Damas maşinasini kreditga olgani va qonuniy hujjatlar asosida kira qilayotgani, öşa damda yaşaş uyidan özi a'zo bölgan korxonaga kunlik yöllanmani oliş uçun borayotganini aytgan. Ammo maşinani jarima maydonçasiga joylaştirgan YHXB xodimi uning gaplarini e'tiborsiz qoldirgan.