Andijonga kelin bölib tuşgan Şoiraxon Egamova 30 yildan buyon fuqaroligi bölmagan şaxs maqomida yaşayotgani, pasporti yöqligi uçun 10 yildan beri bor-yöği 100 kilometr narida, Qirğizistonda yaşovçi keksa onasini körgani bora olmasligi haqida Senat raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qilgandi.

Mazkur murojaat Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingaç, köp ötmay Özbekiston prezidentining 11 maydagi farmoniga muvofiq Şoiraxon Egamova Özbekiston fuqarosi sifatida qabul qilindi.
Kun.uz’ga xabar berişlariça, 17 may kuni Şoiraxon Egamova Özbekiston pasportini ham olgan.

Yaqin kunlarda unga xorijga çiqiş biometrik pasporti «zagranpasport» berilişi kutilmoqda.











