Kun.uz saytida Qirğizistonning Jalolobod viloyati Nooken tumanida yaşovçi 75 yoşli ona Çinixon Eraliyevaning Oliy majlis senati raisi Tanzila Norboyevaga murojaati yuzasidan «Oxirgi umidim sizdan...» — qirğizistonlik ona nega Tanzila Norboyevaga murojaat qildi?» maqolasi e'lon qilingan edi.

Çinixon ona öz murojaatida qizi Şoiraxon Egamovani 1990 yili Andijon viloyati Izboskan tumaniga uzatgani, qizi şu paytgaça uç farzandni kamolga yetkazib, nevara körgan bölsa-da, haligaça Özbekiston fuqarosi pasportini ololmayotgani haqida kuyunib yozgan. 

Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berişiça, prezidentning 11 may kungi farmoni bilan Şoiraxon Egamovaga pasport beriladigan böldi.

Biz Şoiraxon Egamova bilan telefon orqali boğlandik.

«Kun.uz saytida maqola e'lon qilingaç, men bilan Andijon viloyat Içki işlar bölimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi xodimlari boğlanib, barça hujjatlarimni yangidan töldirib, Toşkentga jönatişgan edi.

Bugun, 14 may kuni tuman «pasport stolidan aloqaga çiqişib, menga Özbekiston fuqaroligi berilganini aytişdi. Uzoq kutgan yangiligimni eşitganimdan beri közimdan quvonç yoşlari tinmayapti.

Qarindoş-uruğlar telefon orqali tabriklaşmoqda. Xursandligimning çeki yöq. Qirğizistondagi yaqinlarim ham muammomiz hal bölganidan juda xursand.

Nasib qilsa, ön kunlar içida pasport qölimga tegar ekan. Oilamiz bilan murojaatimizga e'tibor qaratgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga hamda bizga yaqindan yordam bergan barça mutasaddilarga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz.

Va nihoyat men Özbekiston fuqarosi böldim. Endi emin-erkin ota yurtim Qirğizistonga onamni, yaqinlarimni körgani bora olaman», deydi Şoira Egamova.