Ötgan hafta davomida, ya'ni 10–16 may kunlari "Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi"ning barça savdo platformalarida 1,2 trln sömlik tovarlar sotilgan bölib, bu avvalgi haftaga nisbatan 29,1 foizga kam.
Ötgan hafta birjaning paxta yoği bozorida narxlarning pasayiş holatlari kuzatildi. Xususan, 10-12 may kunlari birja savdolari orqali 1 462,0 tonna paxta yoği sotilgan.
Ötgan uç kun mobaynida barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 16,8 mln sömdan 14,7 mln sömgaça, ya'ni 12,4 foizga pasaydi.
Şakar böyiça içki talab ösişda davom etmoqda. Bu narxning kötarilişiga sabab böldi. Hafta davomida birja savdolariga 9 300,0 tonna şakar qöyildi va uşbu hajmning barçasi, ya'ni 100 foizi sotilgan.
Körib çiqilayotgan davrda şakarning barça kategoriyasi böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 7,2 mln sömdan 7,5 mln sömgaça, ya'ni 3,6 foizga kötarildi.
Birjaning sement bozorida içki talabning ösişiga qaramasdan barqarorlik saqlanmoqda. Savdolarda iştirok etgan xaridorlarning örtaça kunlik soni avvalgi haftaga nisbatan 2,4 foizga ösib, 714ta iştirokçini taşkil qildi.
Ötgan haftada birja savdolariga 161 026,0 tonna sement qöyildi va ulardan 140 970,0 tonnasi, ya'ni 87,5 foizi sotildi. Örtaça kunlik sotuv hajmlari 46,9 ming tonnani taşkil qildi.
Körib çiqilayotgan davrda sementning barça kategoriyasi böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 567,2 ming sömdan 571,9 ming sömgaça, ya'ni 0,8 foizga ösdi.
Ötgan haftada birjada avtomobil benzinining narxi biroz pasaydi. Narxlar pasayişiga sotuvçi-korxonalar tomonidan boşlanğiç narxlarning pasaytirilgani öz ta'sirini ötkazdi.
Sotuvçi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining boşlanğiç narxlarini mahsulotning bir tonnasi uçun örtaça 6,6 mln sömdan 6,6 mln sömgaça pasaytirdi. AI-80 markali avtomobil benzinining örtaça kunlik narxi ham mos tarzda 6,69 mln sömdan 6,68 mln sömgaça pasaydi.












