Möynoq şahrida 14–15 may kunlari navbatdagi Stixiya elektron musiqa, san'at va ilm-fan festivali bölib ötdi. 17 may kuni ijtimoiy tarmoqda uşbu festivaldagi keçada sayyoh ayollar yalanğoç holda raqsga tuşgani aytilgan video tarqaldi.
Qoraqalpoğiston Turizm va sport vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilinişiça, tarmoqlarda tarqalgan nojöya videolar Stixiya festivalidan olinmagan.
Festivalda Rossiya, Qozoğiston, Turkiya va Qirğizistondan kelgan musiqiy prodyuserlar, musiqaçilar va DJlar iştirok etgan. Forumda, şuningdek, Özbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari, mutaxassislari va 300ga yaqin sayyoh qatnaşgan.

Festival doirasida «6 milliard daraxt» ijtimoiy aksiyasi ötkazilib, uning davomida Möynoq şahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekiş közda tutilgan. Uşbu loyihadan közlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxşilaş uçun qurğoqçilikka çidamli bölgan buta va mevali daraxtlarni Möynoq şahri hamda Orol dengizining pastki qismida bosqiçma-bosqiç ekişga yönaltirilgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival davomida bölganligi aytilayotgan yalonğoç holda öynayotgan qizning videolari tarqalmoqda.
Festivalda Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan jamoat, yöl harakati va yonğin xavfsizligi ta'minlandi hamda iştirokçilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilişi nazorat qilindi.

Tarmoqlarda tarqalgan nojöya videolar Stixiya elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan», — deyiladi vazirlik izohida.











