Urganç şahridagi «Xorazm» sport majmuasi (sobiq «Olimpiya» stadioni) sentabr oyida yana futbol öyinlarini qabul qilişi mumkin. Maydon çimini parvarişlaş böyiça agrotexnika tadbirlari boşlab yuborilgan.

«Xorazm» sport majmuasi 2015 yilda «Umid nihollari» musobaqalariga tayyorgarlik köriş maqsadida ta'mirlaşga yopilgan edi. Biroq, rejadagi işlar yakuniga yetkazilmadi, ta'mirlaş uçun ajratilgan mablağlar talon-toroj qilindi, bunga yöl qöygan amaldorlar jazolandi.
Ammo, xorazmlik futbolçilar va muxlislar ajoyib stadiondan mahrum bölişdi.
«Xorazm» futbol klubi bu vaqt mobaynida viloyatning boşqa stadionlarida öynadi. Hozirgi vaqtda jamoa sun'iy maydonga ega «Yoşlik» öyingohida futbol öyinlarini ötkazmoqda. Uşbu öyingohning siğimi juda kiçik bölib, atigi 950 tomoşabinni siğdira oladi. Bu esa Pro-liga bahslari uçun kam. «Xorazm» klubining har bir öyiniga kamida 2-3 ming tomoşabin yiğilmoqda, biroq, ularning bir qismi maydon atrofida tik turgan holda futbol tomoşa qilişga majbur bölmoqda. Boşqalari joy topolmay, qaytib ketişmoqda.

«Xorazm» sport majmuasi faoliyatini tiklaşga bir neça yillardan buyon harakat qilinyapti, ammo samarasiz. «Xorazm» futbol klubi bergan yangi ma'lumotga köra, stadion 2021 yil sentabr oyida qayta oçilişi mumkin.
«2019 yil iyun oyida «Özbekiston temir yöllari» AJ homiyligida Toşkentning «Rita invest» firmasi bilan Janubiy Koreyaning «Kentucky Blugrass» navli çimini ekiş böyiça şartnoma tuzilgan bölib, 2021 yil may oyida maydon çimi töliq tayyor bölişi lozim edi.

Biroq uşbu muddatga kelib, maydon çimining 60 foiz qismi qoniqarli va 40 foiz qismi talab darajasida emas edi. Şu sababli, talab darajasida bölmagan çimni olib taşlab, Toşkent viloyatida yetiştirilgan maxsus çim olib kelib örnatildi. Uşbu jarayonlarga mas'ul bölgan xodimning aytişiça, örnatilgan çimning töliq rivojlanib ketişi uçun 1-2 oy vaqt talab qilinadi.
Agar agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajariladigan bölsa, «Xorazm» futbol klubi 2021 yil sentabr oyidan boşlab, öyinlarni viloyatning boş arenasida ötkazişi mumkin», - deyiladi xabarda.












