"Amirsoy" yöli yoqasidagi daraxtlarni köçiriş uçun hudud tanlaş işlari olib borilmoqda. Bu haqda AOKAda bölib ötgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi axborot xizmati rahbari Ozod Rajabov ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, “Amirsoy” toğ-çanği kurorti majmuasiga yölovçilar oqimi köpayganda yuzaga kelayotgan noqulayliklar va tirbandliklar sabab şunday qarorga kelingan hamda bu jarayonlar ekologlar kuzatuvi ostida amalga oşiriladi.
“Şu masalada ötkazilgan Vazirlar Mahkamasi yiğilişi bayonida ham juda zarurat bölganda daraxtlarni boşqa joyga köçiriş mumkinligi talabi qöyilgan. Aniqlanişiça, “Amirsoy” toğ-çanği kurorti majmuasiga olib boruvçi avtomobil yölining kengaytiriladigan qismida har xil manzarali va mevali daraxtlar jami 214ta ekani aniqlangan. Şundan, 58 tup şumtol, 33 tup zarang, 20 tup tut, 22 tup yonğoq, 37 tup yapon saforasi, 44 tup mojjyevelnik bor. Uşbu mevali daraxtlarning ölçamlari 10 sm.dan 25 sm.gaça bölib, 7-8 yoşli daraxtlar hisoblanadi.
Bugungi kunda uşbu nihollar köçirib ötkaziladigan hududni tanlaş işlari olib borilmoqda. Agar yöl qurilişida zaruriyat tufayli ulardan qaysisini köçirib ötkaziş lozim topilgan taqdirda, ularning ildiz qismiga şikast yetkazmagan holda 50, 60 sm tuproq qatlami bilan köçirib ötkaziladi”, dedi Ozod Rajabov.












