Belarusda Lidsk aviabazasining Yak-130 harbiy samolyoti halokatga uçradi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, hodisa Baranoviçi şahri yaqinida yuz bergan.

«Ekipaj öquv-maşğulot parvozini bajariş vaqtida texnik nosozlikni aniqlagan. Mardlik va qahramonlik körsatgan uçuvçilar samolyotni aholi maskaniga qulaşdan olib qoçişgan. Ular samolyot uylardan uzoqlaşganiga işonç hosil qilgandan söng katapulta yordamida samolyotni tark etgan», deyiladi xabarda.

Taassuf bildirilişiça, har ikki uçuvçi halok bölgan.