Marokaşdan beş ming nafar nolegal migrant Ispaniyaning Afrika şimoliy sohilidagi Seuta anklaviga yetib keldi. Ispaniya armiyani jalb etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Migrantlarning bir yarim ming nafari bolalardir. Migrantlar guruhlari şahar köçalarini töldirgan, politsiya bilan töqnaşuvlar yuz bergani töğrisida xabarlar kelib tuşgan. Migrantlar, şuningdek, Ispaniya çegarasini kesib ötişga urinmoqda.
Ispaniya armiyasi va politsiyasi bir yarim ming nafar migrantni Marokaşga qaytarib yubordi. Hukumat vaziyat barqarorlaşmaguniga qadar migrantlarni vatanlariga qaytarişda davom etişini bildirdi.
Öz navbatida, Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Parijga safarini bekor qildi va Seutaga yöl oldi, deb yozmoqda El Pais.
Sançes vaziyatni jiddiy deb hisoblamoqda va Marokaş hukumatini inqirozni hal qilişga çaqirdi.












