Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantiriş markazi” davlat muassasasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning “Özbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020 yil 17 noyabrdagi qarorini amalga oşiriş doirasida “Özgidromet” huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boşqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantiriş markazi” davlat muassasasi taşkil etilgan.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • gidrometeorologiya xizmati samaradorligini oşiriş, elektron xizmatlarning öz vaqtida taqdim etilişini ta'minlaydigan zamonaviy intellektual tizimlar, axborot resurslari va dasturiy mahsulotlarni joriy etiş;
  • gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantiriş, elektron özaro hamkorlikni taşkil etiş va gidrometeorologik hamda sun'iy yöldoş ma'lumotlari bilan almaşiş uçun yagona telekommunikatsiya tarmoğini yaratiş;
  • katta hajmdagi raqamli ma'lumotlarga işlov beriş va tahlil qiliş, gidrometeorologik va sun'iy yöldoş ma'lumotlarini modellaştiriş uçun yuqori tezlikka ega kompyuter markazlaridan keng foydalaniş;
  • gidrometeorologiya xizmati xodimlarining, ayniqsa, katta hajmdagi raqamli ma'lumotlar, kompyuter modellaştiriş, sun'iy yöldoş texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi könikmalarini oşiriş.

Markaz xodimlariga “Özgidromet” xodimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş va mukofotlaş tartibi qöllaniladi.

Markazni joriy saqlaş, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va xodimlari mehnatini qöşimça moddiy rağbatlantiriş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş Davlat budjeti, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.