O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlab kelgan Iqbol Ergashev Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Iqbol Ergashev 1981 yil 26 mayda Quva tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Farg‘ona davlat universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
2002-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi viloyat boshqarmasida, 2010-2016 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Iqbol Ergashev 2016 yildan hozirga qadar O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib faoliyat olib borayotgandi.









