Farğona viloyatining Boğdod tumanilik Ravşanjon Abdullayev Mustaqil davlatlar hamdöstligining eng yaxşi yoş olimi böldi, deya xabar bermoqda Boğdod tumani hokimligi axborot xizmati.  

Ta'kidlanişiça, yoş olim Abdullayev Ravşanjon Inomjon öğli Boğdod tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabida tarix fani öqituvçisi sifatida faoliyat olib boradi. U Qozoğiston Respublikasining Nursulton şahrida ötkazilgan "Yilning eng yaxşi yoş olimi - 2021" xalqaro tanlovida mutloq ğoliblikni qölga kiritgan. 14 ta mamlakat tarixçilari orasida tarix fani yönalişida birinçi örinni egallagan Ravşanjon Abdullayevga birinçi darajali diplom va oltin medal topşirilgan. 

Ma'lumot uçun, R.Abdullayev hozirda Qöqon davlat pedagogika institutining 2 bosqiç magistranti hisoblanadi. Uning ikkita öquv qöllanmasi çop etilgan. 50 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari naşrlarida yoritilgan.

Avvalroq, viloyatda ötayotgan «Onalarga ehtirom» festivali doirasida boğdodlik aka-ukalar onasiga yangi xonadon sovğa qilişganligi xaqida xabar berilgan edi.