Isroil hukumati misrlik vositaçiga Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotini töxtatmoqçiligini ma'lum qildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Bu orada Isroilning Ynet portali amaliyot 20 yoki 21 maydayoq töxtatilişi mumkinligini ma'lum qilgan.
Qolgan tafsilotlar keltirilmagan. Şu bilan birga, Isroil mudofaa vaziri Beni Gans zarurat yuzaga kelsa, Ğazo sektoriga zarbalar kuçaytirilişi mumkinligini ta'kidlab ötgan.
Öz navbatida, Falastinning Moskvadagi elçisi Abdulhofiz Nöfal Falastin Isroil bilan bevosita muzokaralarga tayyorligini ma'lum qilgan.
Avvalroq OAVda Isroil Ğazo sektoriga zarba berişni kamaytirayotgani ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga köra, Isroil va Ğazo sektori örtasida 10 mayda boşlangan navbatdagi qarama-qarşilikning 10 kuni davomida 250dan köproq falastinlik, 12 nafar isroillik halok bölgan.












