The Jerusalem Post ma'lumotiga köra, Isroil xavfsizlik masalalari böyiça komissiya vakillari Ğazo sektori böylab zarbalarni töxtatiş uçun bir ovozdan qaror qabul qilgan.

«Isroil xavfsizlik kabineti xavfsizlik xizmatining barça vakillarining tavsiyasini bir ovozdan qöllab-quvvatladi […] Misrning öt oçişni töxtatiş böyiça taşabbusi qabul qilindi», - deyilgan hukumat bayonotida. Isroil kabineti sönggi kunlarda olib borilgan kampaniya davomida Isroil «ulkan va bemisl yutuqlar»ga erişgani qayd etilgan.

Jurnalistlar ma'lumotiga köra, juma kuniga ötar keçasi soat 2:00da (Toşkent vaqti bilan soat 4:00) öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kiradi. HAMAS vakili ham Reuters muxbiriga, öt oçişni töxtatiş rejimi 21 may kuni soat 2:00da boşlanişini ma'lum qilgan. Ammo Isroil bayonotida sulh «keyinroq» boşlanişi aytilgan.

Öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga Misr vositaçiligida erişildi. The Jerusalem Post naşrining Misr xavfsizlik xizmatlaridagi manbasi xabar qilişiça, sulhning barça detallari hali tayyor qilinmagan.

Öt oçiş töxtatilişi haqida e'lon qilinişi ortidan Isroil janubida trevoga sirenalari yangradi, bu Ğazo sektoridan yana raketalar uçirilganini anglatardi. Falastindagi naşrlar ham sektorga berilgan yangi aviazarbalar haqida xabar qildi.

Isroildagi vaziyat 11 kun muqaddam keskinlaşa boşlagandi. Falastin tomoni ma'lumotlariga köra, ayni vaqtgaça sektorda tinç aholi vakillaridan kamida 232 kişi halok bölgan, şundan 100 nafarga yaqini ayollar va bolalar. Isroilning tasdiqlaşiça, halok bölganlarning kamida 150 nafari HAMAS va «Islom jihodi» guruhi vakillari edi.

Isroilda raketa zarbalari tufayli qurbon bölganlar soni 12 nafarni taşkil etgan, şundan ikki nafari bolalar. Odamlar soatlab panagohlarda ötirişga majbur bölişdi, ularning ayrimlarining qaytişga joyi yöq edi - raketalar uylarni vayron qildi. Bunday holatlar Petax-Tikva, Aşdod va Aşkelon şaharlarida kuzatildi.

Xavfli soatlar

BBC’ning Ğazodagi korrespondenti Ruşdi Abualufning xabar berişiça, sulh tuzilişi e'lon qilinişidan oldin tomonlar harbiy harakatlarni kuçaytirayotgandi.

Ğazo, 20 may tongi. Bu safargi harbiy amaliyot Ğazo sektori infratuzilmasiga sönggi yillardagi eng jiddiy zarar yetkazgan amaliyot böldi.