Toshkent shahrida yoshlar uchun “Toshkentda besh tashabbus” tadbirlari o‘tkaziladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 21 may kunidan 25 may kuniga qadar soat 06:00dan 00:00gacha quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi: 

  • Buyuk Turon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Zarafshon ko‘chasining A.Navoiy va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi va Amir Temur shohko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Mustaqillik shohko‘chasining Zarafshon ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni oralig‘idagi qismi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.