Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qaşqadaryo viloyatida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yölga qöyiş hamda oliy ta'lim muassasalarida startap-loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça zarur çora-tadbirlar töğrisida”gi qaror qabul qilindi.
Hujjatga asosan, "Qarshi Technopark" dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki taşkil etilgan.
Texnopark "Navo-House" MÇJning Qarshi şahri, Mustaqillik şohköçasi 50-uy manzilida joylaşgan bino va inşootlarida bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştirilgan. Texnopark faoliyati direksiya tomonidan boşqariladi. Direksiya MÇJ şaklida taşkil etiladi.
Quyidagilar texnoparkning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- viloyatda axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoş mahsulotlarni işlab çiqiş va xizmatlarni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga, mahalliy dasturiy mahsulotlarni içki va taşqi bozorda ilgari suriş va eksport qilişga kömaklaşiş;
- innovatsion işlanmalarni işlab çiqiş va natijalarini tijoratlaştirişda axborot texnologiyalari sohasidagi startaplar va kiçik korxonalarga kömaklaşiş, şu jumladan, vençur moliyalaştiriş orqali startap-loyihalarni amalga oşirişda iştirok etiş;
- yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqiş va xizmatlar körsatiş zanjirining uzluksizligini ta'minlaş maqsadida ixtisoslik böyiça ilmiy, ta'lim, işlab çiqariş taşkilotlarining integratsiyalaşuvini ta'minlaş;
- axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar jamoasini şakllantiriş, axborot texnologiyalari sohasida yetakçi kompaniya va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va ilğor öquv kurslari, seminarlar taşkil etiş va boşqalar.
Texnopark faoliyati texnopark tomonidan şartnomalar asosida amalga oşirilgan xizmatlardan tuşgan mablağlar, Qaşqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2021-2022 yillardagi zaxira jamğarmasi mablağlari (Texnopark faoliyatidan tuşgan mablağlardan yetişmagan qismi), şuningdek qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi.
Qaşqadaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida startap-loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça inkubatsiya markazlarini taşkil etiş hamda ularning faoliyatini yölga qöyiş böyiça çora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.











