Atirau oblastida Kaspiy dengizi sohilidagi qamişzorda yuz bergan yonğinni öçirişga uç kundan buyon harakat qilinmoqda, deb xabar berdi Azh.kz.

Atirau oblasti favqulodda vaziyatlar bölimining xabariga köra, yonğinni öçiriş uçun vertolyot, 7ta maxsus avtotexnika va 35 nafar öt öçiruvçi jalb qilingan.

«Botqoqlikda ösimliklarning baland ösgani yonğinni öçiriş işlarini qiyinlaştirmoqda», deyiladi favqulodda vaziyatlar bölimi xabarida.

Yonğin sababi örganilmoqda.

Qayd etilişiça, yonğin 19 may kuni Taskala qişloğidan 40 kilometr masofada Kaspiy dengizi sohilida boşlangan. 21 mayga kelib 32 gektar qamişzor olov içida qolgan.