«Özbekinvest» suğurta kompaniyasi Özbekiston suğurta kompaniyalari orasida 2020 yil Brendi nominatsiyasida ğolib deb tanlandi, hamda «Suğurta bozori yetakçisi» maxsus mukofotiga sazovor böldi.

Joriy yilning 16 apreldan 14 mayiga qadar mamlakatimiz aholisi Özbekiston Marketing Assotsiatsiyasi (ÖzMA) tomonidan uyuştirilgan tanlovda 24 sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar orasidan 2020 yilning Brendini tanlaşdi. Bu yil iste'molçilar tanlov tarixida birinçi marta suğurta xizmatlari, servisi va marketing faoliyati bilan ajralgan eng yaxşi suğurta kompaniyasi uçun ovoz beriş imkoniyatiga ega bölişdi.

Tanlov yakunlariga köra, ovoz beruvçilarning aksariyati suğurta kompaniyalari orasidan «Özbekinvest»ni «Yil Brendi» deb tanladilar. Bu mukofot öz navbatida kompaniyaning Özbekiston suğurta bozorining nafaqat moliyaviy natijalar böyiça, balki aholi orasida maşhurlik va körsatilayotgan suğurta xizmatlari sifati böyiça ham yetakçisi ekanligini isbotladi.

Şu bilan birga, respublika marketing va suğurta sohasini rivojlantirişga, şuningdek, Özbekiston marketing assotsiatsiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlikka qöşgan katta hissasi uçun «Özbekinvest» kompaniyasi «2020 yil Özbekiston suğurta bozorining yetakçisi» mukofotiga sazovor böldi.

«Özbekinvest» jamoasi barça mijozlari va hamkorlariga «Yil Brendi» tanlovida bildirilgan işonç va qöllab-quvvatlaş uçun minnatdorçilik bildiradi.

Sayt: insurance.uz

«Özbekinvest» ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

Instagram: @uzbekinvest

Telegram: t.me/uzbekinvestnic