Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda boşlangan haftada davlat rahbari iştirokida qanday tadbirlar rejalaştirilgani töğrisida ma'lumot berdi. Tadbir yakunida jurnalistlarning savollariga ham javob qaytarildi.

Kun.uz sayti muxbiri Abror Zohidov prezident matbuot kotibiga quyidagi savol bilan murojaat qildi:

“Ma'lumki, davlat rahbari hayit kunlarida onkologiya va gematologiya şifoxonalariga taşrif buyurdi. Taşrif çoğida ilik köçiriş operatsiyalarining 50 foiz tölovi davlat tomonidan qoplab berilişi ma'lum qilindi. Hozirda köpçilik ota-onalarni şu savol qiziqtirmoqda – bu reja qaçon amalga oşadi va mablağ masalasida kimga murojaat qiliş kerak?”

“Ilik köçiriş bu juda murakkab tibbiy amaliyot bölib, buning uçun yuqori texnologik laborator asbob-uskunalar, juda malakali mutaxassislar kerak. Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, fuqarolar hozirda bu operatsiya uçun Hindistondagi klinikalarga murojaat qilmoqda. Hindistonda bu amaliyot boşqa joylarga qaraganda arzon – 30-50 ming dollargaça. Çunki, Yevropa davlatlarida bu amaliyot 100 ming dollardan ortiq. Bu katta pul. Bunça mablağni topiş kasallikka çalingan bolalarning ota-onalari uçun oğirlik qiladi.

Şu bois, davlatimiz rahbari tibbiyotning bunday amaliyotlarini özimizda yölga qöyiş, bemorlarga, ularning ota-onalariga yengillik yaratiş maqsadida amaliyotlar 50 foizini davlat hisobidan qoplab beriş topşiriğini berdilar.

Hozirda Gematologiya markazi va Rossiyaning D.Rogaçev nomidagi bolalar gematologiya, onkologiya va immunologiya instituti örtasida ilik köçirişda yangi davo usullarini tatbiq qiliş böyiça memorandum imzolandi. Memorandum asosida yurtimiz mutaxassislari xorijiy tajriba örganişga, malaka oşirişga jönatiladi. Şundan keyin özimizda joriy qilinadi. Soğliqni saqlaş vazirligi dastlabki hisob-kitoblariga köra, ilik köçiriş amaliyotlarini yurtimizda kelasi yildan ötkaziş reja qilinmoqda.

Şuningdek, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan va doimiy nazoratda bölgan ehtiyojmand bolalar röyxati şakllantirilib, ularni Germaniyadagi “Şerite” klinikasi, Rossiyadagi D.Rogaçev va N.Bloxin klinikalariga davolaniş uçun yuboriş rejalaştirilgan. Bunga sarflanadigan xarajatlar bir qismini qoplab beriş masalasi ham hozirda körib çiqilmoqda”, deya javob berdi Şerzod Asadov.