Xöjandda 17-22 may kunlari Özbekiston va Tojikiston qöşma demarkatsiya komissiyasi doirasida Tojikiston va Özbekiston hukumat delegatsiyalari işçi guruhlarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Söğd viloyati rahbari ma'muriyatidagi manbaga asosan xabar berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat çegara çiziğidagi demarkatsiya işlarini muhokama qildi, demarkatsiya liniyasi loyihasi va çegara çiziğida çegara belgilarini örnatiş böyiça fikr almaşdi.

Tomonlar umumiy çegarada demarkatsiya dala işlarini tezlaştirişga kelişib oldi.

Manbaga köra, Toşkent va Duşanbe tarkibiga geodezistlar, kartograflar, TIV, çegara xizmatlari vakillari kiritilgan tegişli işçi guruhlarga ikki davlat çegaralarida 2021 yil oxiriga qadar çegara ustunlarini örnatiş tartibini tasdiqlaş töğrisida körsatma bergan. 

Eslatib ötamiz, ikki davlat örtasidagi davlat çegarasining töliq delimitatsiyasi 2019 yilda yakunlangan edi. 

Tomonlar öşanda çegara çiziği töğrisida yozma ravişda kelişib olgan, endi davlat çegarasi demarkatsiyasi natijasida xaritalarda ikki davlat çegarasining aniq çiziği körsatiladi. 

Özbekiston va Tojikiston örtasida özbek-tojik davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi bitim 2018 yil 9-10 mart kunlari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega davlat taşrifi doirasida imzolangan. Tojikiston parlamenti uşbu şartnomani 2018 yil 19 aprelda ratifikatsiya qildi. 

Ma'lumotlarga köra, özbek-tojik çegarasining uzunligi 1332 kilometrni taşkil qiladi.