Xitoydagi Uhan virusologiya institutining 3 xodimi koronavirus pandemiyasi boşlanişidan bir oy oldin, ya'ni 2019 yil noyabrda oğir kasallikka uçrab, şifoxonaga tuşgan. Bu haqda AQŞ razvedkasi ma'lumotlariga tayanib The Wall Street Journal naşri xabar berdi.

Naşrning AQŞ razvedkasi hisobotiga tayanib bergan ma'lumotlariga köra, koronavirus va boşqa infeksiyalarni örganiş bilan şuğullangan laboratoriyada işlagan virusologlar uçragan kasallik ham COVID-19’ga, ham ötkir respirator virusli infeksiyaga (ORVI) öxşaş bölgan. Naşrda ta'kidlanişiça, şu tariqa SARS-CoV-2’ning Xitoydagi laboratoriyadan çiqib ketgani haqidagi taxmin navbatdagi isbotga ega böldi.

AQŞ razvedkasi hisoboti JSSTning koronavirus kelib çiqişini aniqlaş böyiça ötkazilayotgan tergovning keyingi bosqiçi muhokama qilinişi rejalaştirilgan yiğilişi oldidan paydo böldi.

AQŞning milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Emili Xornning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Jo Bayden ma'muriyatida koronavirus pandemiyasi paydo bölişi, jumladan, virusning Xitoydan tarqalgani borasida «jiddiy savollar» bor.

WSJ çiqargan xulosalarni AQŞ davlat departamentining koronavirus kelib çiqişini örganiş böyiça guruhining sobiq rahbari Devid Aşer ham ma'qullagan.

«Men uçinçi darajadagi mustahkam himoyaga ega bölgan va koronavirus bilan işlovçi laboratoriyaning birdaniga 3 xodimi bir hafta içida ORVI bilan kasallanib, şifoxonaga tuşişi va bu koronavirus bilan boğlanmaganiga şubham bor», deb aytgan Aşer.

Mart oxirida JSST mutaxassislarining koronavirus kelib çiqişini aniqlaş maqsadida Uhanga amalga oşirgan taşrifi yuzasidan hisoboti e'lon qilingandi. Hujjatda koronavirus katta ehtimol bilan dastlab körşapalaklarda paydo bölgani, söngra u mutatsiyaga uçrab, oraliq jonzot orqali odamga ötgani ma'lum qilingan. Şu bilan birga, JSST mutaxassislari virus Uhandagi laboratoriyadan çiqib ketgani ehtimoli ozligini aytişgan.

Bir qator davlatlar, jumladan, AQŞ JSST ekspertlarining bu hisobotidan qoniqmagan.