Samarqand viloyati Urgut tumani markazida joylaşgan dehqon bozoriga tutaş 5 ta savdo dökoni yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, keça 23 may kuni soat 23:06larda Urgut şahri «Qöyi Kalangan» MFY, Temirçilar köçasida joylaşgan «Urgut dehqon-bozori» MÇJ hududiga tutaş bölgan 2 qavatli savdo dökonining 2-qavatidagi 5 ta savdo dökoni yonib ketgan.

Qayd etilişiça, yonğinga tuman FVB xodimlari 23:14da yetib borib, soat 23:35da örab olinib, soat 00:33da öçirilgan. Yonğinda savdo dökonlarining taxminan 150 m² maydonida şift va tom qismi yongan. Ularga tutaş savdo dökonlarining 400 m² maydoni saqlab qolingan.

Aniqlanişiça, yonib ketgan dökonlarning ikkitasidan novvoyxona sifatida foydalanilgan. 3ta savdo dökonidan heç kim foydalanmagan. Ta'kidlanişiça, yonğinning taxminiy sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

P.S. Özbekistondagi aksariyat dehqon va buyum bozorlarida sönggi qariç yergaça tadbirkorlarga berib yuborilgani uçun, yonğinga qarşi kuraş bölimining maşinalari kirişda muammolarga duç keladi. Guvohlarning sözlariga köra, keça tunda Urgut bozoriga tutaş savdo dökonlarida röy bergan yonğinni öçiriş paytida ham şu holat kuzatilgan.