Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi boş direktori Davron Tölaganovning ma'lum qilişiça, şoşilinç tibbiy yordam tizimi (ŞTYoT) soğliqni saqlaş sohasidagi eng yirik va öta kuçli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanadi.
2020 yilda uşbu tizim muassasalariga jami 14,5 milliondan ziyod bemorlar murojaat qilgan bölib, şulardan 11,0 millionga yaqini tez tibbiy yordam “103” xizmati (TTYoX) böyiça va 3,5 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilişgan. 2021 yilning 5 oyi mobaynida umumiy murojaatlar soni 4 milliondan ortiqni taşkil etdi, 1,1 milliondan ziyod bemorlarga statsionar muassasalarda yordam körsatilgan.
“RŞTYoIM, uning filiallari va subfiliallarida yiliga 217 mingdan ortiq bemorga statsionar şaroitda murakkab xirurgik amaliyotlar ötkaziladi, undan taşqari yana 268,1 mingdan ortiğiga ambulator amaliyotlar bajarilmoqda.
TTYoXning avtotransport bilan töliq ta'minlanişi brigadalarning çaqiriqlarga keçikiş holatlarini sezilarli kamaytirdi. Keçikiş holatlarini yanada kamaytiriş va iloji boriça bartaraf qiliş maqsadida mavjud 2685 brigadalardan 1591 tasining (59,2 foiz) dislokatsiya nuqtalarini uzoq hududlarda joylaşgan aholi punktlariga yaqinlaştirildi. Jumladan, tugatilgan 441 ta qişloq vraçlik punktlari örnida tez tibbiy yordam şoxobçalari taşkil qilindi va ularga bittadan brigada biriktirildi.
Şuningdek, 793 ta qişloq oilaviy punktlari va Toşkent şahrining 63 ta poliklinikalari qoşida ham xuddi şunday şoxobçalar taşkil qilindi. Natijada, tez tibbiy yordam brigadalarining xizmat körsatiş hududi radiusi örtaça 15-20 km.dan 8-12 km.gaça qisqartirildi”, deya Davron Tölaganovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















