Litva Belarus ustidan uçib ötuvçi samolyotlarni öz aeroportlarida qabul qilmaydi. Litva boş vaziri Ingrida Şimonite Minsk aeroportida belaruslik muxolifatçi jurnalist va Nexta Telegram-kanali asosçisi Roman Protaseviçning hibsga olinişiga izoh beriş davomida buni ma'lum qildi.

Taqiqlov 25 may mahalliy vaqt bilan soat 3dan kuçga kiradi.

23 may kuni Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uçayotgan samolyoti «minalaştiriş» haqidagi yolğon xabardan keyin Minskda favqulodda qöndirilgan. Samolyot bortida Roman Protaseviç bölgan va u Belarus maxsus xizmatlari tomonidan hibsga olingan.

Samolyot bortida dastlab 126 kişi bölgan, biroq Vilnyusda undan 121 kişi tuşgan. Ryanair boş direktori Maykl ÖLirining ta'kidlaşiça, samolyotda Belarus Davlat xavfsizlik qömitasining bir neça xodimi bölgan va ular Minskda tuşib qolişgan. Protaseviç bilan birga unga hamrohlik qilgan qiz – rossiyalik Sofiya Sapega ham uşlangan. Ta'kidlanişiça, yana 3 rossiyalik yölovçi Minskda uşlab qolingan.

Uşbu voqeadan keyin 8ta davlat parlamentlarida Belarus ustidan parvozlarni taqiqlaş talab qilingan. Minskda esa Yevropa Ittifoqi Belarus orqali parvozlarni taqiqlamasligiga umid qilişlari ta'kidlab ötilgan.

Roman Protaseviç Nexta’ning yana bir asosçisi Romanom Putilo bilan birga 2020 yil noyabrda xalqaro qidiruvga berilgan. Tut.by portali ma'lumotlariga köra, Protaseviçga Belarus jinoyat kodeksining bir neçta bandlari, jumladan, «Ommaviy tartibsizliklar uçun javobgarlik», «Jamoat tartibini qöpol buzuvçi xatti-harakatlarni taşkillaştiriş» böyiça ayblov qöyilmoqda. Uşbu bandlardan har biri 2 yildan 15 yilgaça qamoq jazosi berilişini közda tutadi.