2021/22 öquv yilidan boşlab, bosqiçma-bosqiç masofaviy ta'lim şaklida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvçilariga yöllagan tabrigida ma'lum qilindi.

«Qalbingizdagi ezgu orzu-intilişlarni röyobga çiqarişda mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan 137 ta oliy öquv yurti, 339 ta kasb-hunar maktabi, 193 ta kollej va 196 ta texnikum sizlarga muntazirdir.

Sizlar uçun işlab çiqarişdan ajralmagan holda oliy ma'lumot oliş imkoniyati ham yaratilgan. Şu maqsadda 71 ta oliy ta'lim muassasasida sirtqi, 18 ta oliygohda keçki bölimlar faoliyat körsatmoqda.

Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlaridagi ehtiyojdan kelib çiqib, sönggi 5 yilda bakalavriat bosqiçida 134 ta ta'lim yönalişi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan taşkil etildi.

Oliy ta'lim muassasalarida 2021-2022 öquv yilidan boşlab bosqiçma-bosqiç masofaviy ta'lim şaklida ham kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi», – deyiladi prezident tabrigida.

Eslatib ötamiz, ötgan yili yangi tahrirda qabul qilingan «Ta'lim töğrisida»gi qonunga masofaviy va dual ta'lim şakllari ham kiritilgan edi.

  • Masofaviy ta'lim – işlab çiqarişdan ajralmagan holda, masofadan turib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tahsil oliş;
  • Dual ta'lim – ham kasbiy ta'limda öqib, ham öz yönalişiga mos işda işlaş (şu yildan boşlab kollej va texnikumlarda joriy etiladi).

Prezident öz tabrigida ma'lum qilişiça, maktab bitiruvçilarini oliy ta'limga qamrab oliş 2030 yilda 50 foizgaça yetkazilişi reja qilingan.

«Hozirgi kunda yoşlarimiz uçun bir vaqtning özida 5 tagaça oliy ta'lim muassasasida tanlovlarda iştirok etiş imkoniyati yaratildi.

Bitiruvçi yoşlarni oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 2016 yildagi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi. Mazkur körsatkiçni joriy yilda 28 foizga, 2030 yilda 50 foizga yetkaziş – asosiy vazifamizdir.