Vazirlar Mahkamasining «Professional ta'lim tizimida dual ta'limni taşkil etiş çora-tadbirlari haqida»gi qarori qabul qilindi. Unga köra, 2021/2022 öquv yilidan professional ta'lim tizimida dual ta'lim taşkil etiladi.

Dual ta'limni taşkil etiş uçun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan örta böğin kadrlariga bölgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi har yili 1 iyulgaça dual ta'lim böyiça kadrlar tayyorlanadigan ta'lim muassasalarini belgilaydi.

Tanlangan ta'lim muassasalari belgilangan kvotalar böyiça öquvçilarni qabul qiladi.

Ta'lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bölgan taşkilotlar bilan şartnoma tuzadi. Şartnoma taşkilot va öquvçi örtasida ham tuziladi. Bunda öquvçi uçun taşkilotda muayyan iş örni ajratiladi.

Öquvçilar bir haftada kamida ikki kun ta'lim oladi, qolgan kunlar işlaydi. Öquvçiga işlagan kunlari uçun haq tölanadi.

Ma'lumot uçun, dual ta'lim ta'limni öz yönalişiga mos taşkilotda mehnat qiliş bilan birga olib boruvçi tizim hisoblanadi.

Özbekistonda örta maxsus bosqiçda dual ta'lim şakli joriy etilişi prezidentning 2020 yil noyabrdagi «Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida közda tutilgandi.