Rossiya hududida noqonuniy bölib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar öz maqomlarini qonuniylaştirişga ruxsat berildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Şuningdek, Rossiya hududida 2020 yilda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan 50 ming 700 nafar özbekistonlikning maqomi qonuniylaştirildi. Uşbu qaror Rossiya prezidentining 2020 yil 18 apreldagi “Yangi koronavirus (COVID-19) infeksiyasining tarqalişi xavfi tufayli çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Rossiya Federatsiyasida huquqiy maqomini belgilaş böyiça vaqtinçalik çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni doirasida Rossiya IIV hamda Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida amalga oşirildi.

Şunga köra, Rossiya IIV bilan örnatilgan hamkorlik asosida Rossiya hududida huquqiy maqomi qonuniylaştirilişi kerak bölgan 300 ming nafardan ortiq Özbekiston fuqarolarining röyxati şakllantirildi.

Rossiyada noqonuniy ravişda bölib turgan Özbekiston fuqarolari 2021 yilning 15 iyuniga qadar yaşaş joyidagi tegişli Rossiyaning içki işlar organlariga murojaat qiliş orqali Rossiya hududida bölişlarini qonuniylaştirişi mumkin.

Bunda Rossiyaning içki işlar organlari tomonidan noqonuniy ravişda bölib turgan Özbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma'muriy çiqarib yuboriş, deportatsiya qiliş çoralari qöllanilmaydi hamda ularga yaşaş joyidagi migratsiya bölimidan qayta röyxatdan ötiş imkoniyati beriladi.

Uşbu masalada yordam oliş uçun Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi, Rossiya mintaqalaridagi Boş konsulxonalari hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari orqali murojaat qiliş mumkin.