Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti rektori Ayubxon Radjiyev biz bilan suhbatda bu borada amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berdi. Quyida suhbatdoşimizning ayni masaladagi asosiy fikrlarini keltiramiz.

Pedagog bölmagan yönalişlardagi talabalar uçun maktabda dars beriş huquqini beruvçi tayyorlov modullari yölga qöyiladi. Bu jarayon qanday amalga oşiriladi?

Prezident qarori bilan nopedagog yönalişda tahsil olayotgan ikkinçi va undan yuqori kurs talabalari uçun tayyorlov kurslarida öqib, maktabda dars beriş imkoniyati yaratilmoqda. Bu pedagogik modul hammaga ham mos keladi degani emas. Masalan, texnika yönalişida öqiyotgan talaba maktabda ona tilidan dars berolmaydi. Talaba öqiyotgan yönaliş u dars berişni istagan yönaliş bilan turdoş, yaqin bölişi talab etiladi.

Masalan, iqtisodiyot yönalişida tahsil olayotgan talaba tayyorlov moduli asosida matematikadan bolalarga saboq berişi mumkin böladi. Axir ular oliygohga tayyorgarlik jarayonida ham dars beradigan fanidan çuqur bilim olgan böladi. Biz ana şu bilimga psixologiya va metodikani qöşimça ravişda örgatsak, ulardan xalqqa foydasi tegadigan öqituvçilar çiqişi mumkin.

Angliya va AQŞ kabi davlatlarda oxirgi 20 yilda bu amaliyot keng tarqaldi. Çunki maktablar köp, aholi soni esa oşib boryapti. Özbekiston aholisining ösiş darajasi ham ularnikidan kam emas. Bu esa maktab va öqituvçilarga bölgan talabni oşiradi. Hozirda pedagoglar tayyorlaydigan 10 dan ziyod oliygohlarga qöşimça ravişda nopedagog yönalişda öz mutaxassisligi böyiça bilimi yetarli, ammo pedagogik könikmasi va ma'lumoti bölmagan kadrlarni sohaga jalb qilmasak, kelajak uçun maktab öqituvçilarini hozirdan tayyorlamaydigan bölsak, ertaga ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatişi aniq. Bu majburiy emas, özida öqituvçilikka xohiş bölgan, şu sohaga qiziqqan odam bemalol öqişi mumkin.

Tayyorlov kurslari qayerda taşkil etiladi va ular pulli böladimi?

Bu kurslar hozirça Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va uning viloyatlardagi 14 ta filialida amalga oşiriladi. Agar bu tizim özini oqlab, yaxşi natijalar kuzatilsa, nodavlat ta'lim muassasalariga ham bu huquqni beriş mumkin böladi. Bu kurslar ikkita yönalişda taşkil qilinadi: talabgorlarning asosiy qismi tölov-kontrakt asosida öqitilsa, bir qismi uçun grant örinlar ham ajratilişi mumkin. Buning öziga yaraşa talablari ham böladi. Grant asosida ta'lim olgan bölajak ustozlar respublikaning «qizil» toifadagi hududlariga, ta'lim sifati yuqori bölmagan yoki olis hududlardagi maktablarga borib ma'lum muddat işlab berişi kerak böladi.