Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryoda arçalar ayovsiz kesilmoqda» sarlavhasi bilan materiallar tarqalgan. Viloyat hokimligi Termiz tumanida arçalar kesilayotgani holati böyiça rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, haqiqatan daraxtlar kesilib, atrof-muhitga zarar yetkazilgan.
Munosabatda ma'lum qilinişiça, Prezidentning 2020 yil 12 noyabrdagi «Surxondaryo viloyati va Toşkent şahrida maxsus iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 fevraldagi «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Ana şu farmon va qaror asosida Termiz tumanining Özbekiston-Afğoniston davlat çegarasiga tutaş Ayritom mahallasi hududida «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasini barpo etiş uçun viloyat hokimining 2021 yil 6 apreldagi qarori bilan 26 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirda Vazirlar Mahkamasi işçi guruhi tomonidan ötkazilgan tanlovda ğolib deb topilgan tadbirkorlik sub'yekti tomonidan quriliş işlariga tayyorgarlik körilmoqda.
Qayd etilişiça, mazkur tadbirkorlik sub'yekti tomonidan arçalarning kesilişi holati viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Viloyat ekologiya boşqarmasi mutaxassislari tomonidan ötkazilgan örganiş davomida tadbirkorlik sub'yekti tomonidan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasiga zid xatti-harakatlar amalga oşirilgani aniqlangan. Jumladan, daraxtlar, butalar, boşqa ösimliklar va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötqaziş ma'muriy huquqbuzarligi sodir etilgan.
Ta'kidlanişiça, hozirda aybdor şaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlaş maqsadida qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylaştirilib, tegişli sudlovlikka yuboriş çoralari körilmoqda.
Ma'lumot uçun, Prezident farmoni bilan respublikada davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy 2021 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan edi. Moratoriy joriy etilişiga qaramay, 2020 yilda tabiatga 9,7 mlrd söm miqdorida zarar yetkazilgan









