JÇ-2022 va Osiyo kubogi-2023 qöşma saralaş bosqiçiga tayyorgarlik körayotgan Özbekiston milliy jamoasi Böstonliq tumanidagi toğli hududda yiğin taşkil etgan. 24 may, duşanba kuni Kun.uz va Tribuna.uz sayti ijodkorlari Vadim Abramov boşçiligida ötayotgan milliy jamoamiz maşğulotlarida bölib qaytişdi.
Asosan jismoniy tayyorgarlikka katta urğu berilayotgan öquv-maşğulot yiğini quvnoq kayfiyatda ötmoqda. Legionerlar orasidan Odil Ahmedov hammadan avval safga qöşilgan bölsa, söng Belarusdan Şahzod Ubaydullayev, Birlaşgan Arab Amirliklaridan Jaloliddin Maşaripov, Odil Hamrobekov, Otabek Şukurov, Dostonbek Hamdamov yetib kelgan. Şuningdek, Duşanbeda ötgan OFK kubogida iştirok etgan «Nasaf» vakillari ham safda. Tez orada, Italiyadan Eldor Şomurodov, Qozoğistondan Igor Sergeyev va Koreyadagi legionerlarimiz ham maşğulotlarga qöşilişi kutilmoqda.
Quyida milliy jamoamizning Çimyon toğ yonbağridagi tabiat qöynida ötkazayotgan maşğulotlardan Kun.uz va Tribuna.uz sayti ijodkorlarining uyuştirgan eksklyuziv fotogalereyasini tomoşa qiling.













































