Kengaş majlisida ayrim budjetdan taşqari maqsadli jamğarmalar mablağlari şakllantirilişi va ulardan foydalaniş samaradorligini örganiş natijalari töğrisidagi masala körib çiqildi.
Jamoat işlari jamğarmasi mablağlaridan 26ta tuman (şahar) aholi bandligi markazlariga haq tölanadigan jamoat işlarining 2020 yil uçun xarajatlar smetasiga nisbatan jami 259,5 mln söm mablağ ortiqça sarflangan.
“Bandlik markazlari tomonidan amalda işsiz deb e'tirof etilmagan va haqiqatda iş bilan band bölgan fuqarolarga 93 mln söm jamğarma mablaği noqonuniy berilgan. Oxirgi 2 yilda jamğarmaning 10 mlrd sömdan ortiq mablaği noqonuniy sarflangan”, deyiladi xabarda.
Majlisda Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba suv ombori” töğonida yuz bergan texnogen holat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan qöşimça çora-tadbirlar ham körib çiqildi.
Qayd etilganidek, texnogen holatdan zarar körgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisiga tezkorlik bilan zarur yordam körsatilgan edi.
Şuningdek, Senat a'zolari joylarga çiqib tadbirkorlik sub'yektlari, fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida mavjud holatni örganib çiqqan edi. Bu masala Senat tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Joriy yil aprelida Sirdaryo viloyatida suv toşqini talafotlarini bartaraf etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar doirasida Hukumat komissiyasi tomonidan baliqçilik, çorvaçilik va parrandaçilik yönalişlariga ixtisoslaşgan tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplaş hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini quriş-ta'mirlaş işlari uçun zarur böladigan mablağ miqdori (126 mlrd söm) hisoblab çiqilgan.
Senat kengaşi talab etiladigan mablağlarni respublika budjetidan bosqiçma-bosqiç ajratiş taklifini ma'qulladi.












