Kuni keça ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat tomonidan ehtiyojmand oilalarning 16 yoşgaça bölgan bolalariga joriy yilning sentabr oyida beriladigan bir martalik moddiy yordam puli uçun bir qança hujjatlar talab qilinayotganligi töğrisida xabar tarqaldi.

Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi mazkur xabarni atrofliça örganib çiqqanini xabar berdi. Vazirlikning ma'lum qilişiça, prezidentning 2020 yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4815-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning sentabr oyida quyidagi toifaga kiruvçi  bolalarning har biriga 500 ming sömdan pul tarqatilişi belgilangan.

Bular: 

  • boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalari;
  • nogironligi bölgan 16 yoşga tölmagan bolalar;
  • «temir daftar»ga kiritilgan oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalari.

Şuningdek, qarorda 810 mingdan ortiq mazkur toifaga kiruvçi bolalarga davlat budjetidan 400 milliard sömdan ortiq mablağ ajratilişi belgilangan.

Moddiy pul mablağlari quyidagi tartibda tarqatiladi:

1. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi orqali.

Bunda Jamğarmada mavjud boquvçisini yöqotganlik pensiyasi va nafaqasini oluvçi oilalarning bolalari hamda nogironligi bölgan 16 yoşga tölmagan bolalarning röyxatlari asosida ularning oylik pensiya va nafaqa miqdoriga qöşib tölab beriladi.

Qayd etilişiça, buning uçun mazkur oilalardan heç qanday hujjat talab qilinmaydi. 

2. Hududiy sektorlar va fuqarolar yiğinlari tomonidan şakllantiriladigan “temir daftar” tizimi orqali.

Bunda dastlab sektor va fuqarolar yiğini vakillaridan iborat Işçi guruh a'zolari uyma-uy yurgan holda “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning a'zolarini, şu jumladan, ularda yaşovçi 16 yoşga tölmagan bolalarni qayta röyxatdan ötkazadi. Mazkur jarayonda oilaning “temir daftar”ga kiriş uçun mavjud ijtimoiy holati hamda turmuş şaroiti örnatilgan tartibda örganiladi.