Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan «Milliy gvardiya töğrisida»gi Qonunga muvofiq Prezidentning quyidagi hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:

1) quyidagilar Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari: leytenant, katta leytenant, kapitan, mayor, podpolkovnik, polkovnik, general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik unvonlari bilan töldirildi:

Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-son Farmoniga 6-ilova;

Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomga ilova;

Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni ötaş töğrisidagi nizomga ilova.

2) Prezidentning 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son qaroriga 1-ilovaning 48-bandida belgilanişiça, harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy ta'lim muassasalaridan xizmatni içki işlar organlarida davom ettiriş uçun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatçilariga (şartnoma asosida xizmat ötagan) lavozimga tayinlaş töğrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglaştirilgan maxsus unvonlar beriladi.

«III darajali serjant», «II darajali serjant» va «I darajali serjant» harbiy unvonlari içki işlar organlarining «serjant» maxsus unvoniga tenglaştiriladi.

3) Özbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi nizomning 18-bandi 4-xatboşisida belgilanişiça, endi harbiy xizmatdan taşqari davlat xizmatlarining boşqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat davri harbiy xizmatçilarga xizmat yili uçun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilaşda qöşib hisoblanadi.

Şuningdek, Nizomning 238-bandida belgilanişiça, IIV, Milliy gvardiya, DBQ va DSQ, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqaroni kontrakt böyiça harbiy xizmatga qabul qiliş paytida unga vazirlik rahbari tomonidan belgilanadigan qayta attestatsiyadan ötkaziş tartibida mavjud maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilişi mumkin.

Maxsus unvonda xizmat qiliş (martaba darajasida işlaş) davrlari harbiy unvonda xizmatni ötaş muddatiga qöşib hisoblanadi.