Özbekistonda aholini koronavirusga qarşi emlaş darajasi MDH mamlakatlari va Afğonistonni hisoblaganda mustahkam 5-örin bilan ölçanmoqda. Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari - Centers for disease control and preventions (CDC) saytida global darajada koronavirusga qarşi emlaş körsatkiçlariga doir ma'lumotlar keltirilgan. Unda keltirilgan raqamlarni qiyoslaş orqali MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlarida emlaş bilan boğliq jarayon qanday borayotgani haqida tasavvur hosil qiliş mumkin.

Yuqoridagi suratda MDH mamlakatlari va Afğonistonda har 100 kişi hisobiga jami töğri keladigan vaksinalar soniga doir raqamlar keltirilgan. Unga köra, Ozarboyjonda har 100 kişiga 19.94ta vaksina töğri keladi. Rossiya Federatsiyasida 18.52ta, Qozoğiston 15.79ta, Belarusda 7.25tani taşkil etadi. Özbekistonda bu raqam 4.78tani, Gurjistonda 3.36ta, Ukrainada 2.48ta, Afğoniston 1.47ta, Qirğizistonda 0.83ta, Tojikiston 0.76ta, Turkmaniston 0.7ta, Armanistonda 0.65tani taşkil etmoqda.

2021 yil 25 may kuni yangilangan ma'lumotlarga binoan, yuqoridagi suratda körib çiqayotgan mamlakatlarimizda sönggi 1 haftada neça kişi koronavirusga qarşi emlanganini köriş mumkin. Bunda raqamlar quyidagiça köriniş olgan.


Kamida bir marta vaksina olgan yaqin xorij mamlakatlari orasida ham Özbekiston har 100 kişidan 3,54 kişi emlanişi bilan 5-örinni egallab turibdi. Umuman bu boradagi raqamlar quyidagiça köriniş olgan.


Va nihoyat, vaksinaning birinçi, ikkinçi va yoki uçinçi dozasini olganlar, ya'ni töliq emlanganlarga doir ma'lumotlarni körib çiqamiz. Qayd etiş kerak, bunda Tojikiston, Qirğiziston va Armaniston bu haqda ma'lumotlarni taqdim etmagan. Yoxud ularda töliq emlanganlar hozirça mavjud emas. Quyidagi jadvalda köriş mumkinki, Özbekistonda koronavirusga qarşi emlaş hozirça unçalik ham havas qiladigan darajada emas. Bu borada Ozarboyjon, Rossiya va Qozoğiston birmunça yaxşi pozitsiyada. Albatta, Gurjiston, Afğoniston, Ukraina va Turkmanistonda emlaş bilan boğliq holatlar ança açinarli ahvolda, deb bemalol aytiş mumkin.













