O‘zbekiston | 15:07 / 27.05.2021
3239
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘z poyabzal fabrikam bo‘lishini maqsad qilganman» - 2 sinfdan kosibchilikni o‘rgangan Jobirxon

Namangan shahrida 3-maktab bitiruvchisi Jobirxon Ikromjonov yoshligidan kosibchilikka qiziqqan. U hozirda bejirim oyoq kiyimlar tayyorlaydi. 

2-sinfdayoq ustaga shogird tushgan qahramonimiz o‘z kasbini mukammal o‘rganishga qaror qilgan. 

«Ishni ta'mirlash ishlarini o‘rganishdan boshlaganman. Birinchi marta o‘z poyabzalimizni qaytadan tayyorlash uchun buzib qolipga solganmiz. Uncha o‘xshamagan bo‘lsa-da, ustozimiz dalda berganlar» — deya kosibchilikni o‘rganishda duch kelgan mashaqqatlarini aytib o‘tdi.

Qahramonimiz hozirda bozorga o‘zi mustaqil poyabzal yetkazib bermoqda. 

Maktabni bitirar ekan, Jobirxon dizaynerlik sohasi bo‘yicha oliy ma'lumot egasi bo‘lishni niyat qilgan. Kelajakda o‘z poyabzal fabrikasini ochmoqchi.

Mavzuga oid