Toşloq tumani IIB mansabdor şaxslariga ham mansabga sovuqqonlik bilan yondaşgani uçun dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yaqinda bosqinçilik jinoyatida ayblanayotgan tört nafar şaxs Farğona viloyatining Toşloq tuman sudi binosidan qoçib ketgani  haqida xabar berilgan edi. 

Farğona viloyati prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, «qoçoqlarga» nisbatan JKning 222-moddasi 2-qismi «v» bandi (qamoqdan yoki qöriqlov ostidagi saqlaş joyidan qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Şuningdek, Toşloq tumani IIB mansabdor şaxslariga nisbatan ham mansabga sovuqqonlik bilan qaraş (JKning 207-moddasi 1-qismi) alomati bilan «iş» qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Avvalroq, Farğonada sudyaning mulkiga tajovuz qilgan fuqaroga sud hukmi öqilgani haqida xabar qilingan edi.