Bundan bir neça kun avval Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylaşgan aqli zaif bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar kaltaklangan. Bu holat Senat va viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olingan edi. Örganişlarda aniqlanişiça, bugun bu ta'lim maskanida nosoğlom muhit hukm surmoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 25 may kuni Bola huquqlari böyiça vakilning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili N.Rabbimova, viloyat hokimi E.Turdimov, Oqdaryo tumani hokimi N.Sulaymonov, tuman prokurori D.Kubayev, tuman IIB boşliği B.Ibragimov, viloyat XTB boşliği Z.Şodiyeva va boşqarmaning mas'ul xodimlari tomonidan örganilgan.

Mintaqaviy vakilning aniqlaşiça, uşbu muassasada tarbiyalanayotgan 2 nafar bola otasi tomonidan uyiga qaytarib olib ketilgan. Közi kökargan bola esa 11 mart kuni tengdoşi bilan urişganligi va öşanda közi kökarganini aytgan. Bu holat bolaning tibbiy anketasida ham qayd etilgan.

Şuningdek, toğorada kir yuvayotgan 4-sinf bolasining onasi bilan suhbat qurilganida bu kabi holatlar 4 yil davomida umuman kuzatilmaganligi va uşbu rasmni körib tuşunmaganini bildirgan. Bu holat qöşimça örganilişi, holatga oydinlik kiritilgaç, bola huquqlarini ta'minlaş, ularning ta'lim olişi, soğliğini saqlaş masalalarida yöl qöyilgan kamçiliklar aniqlansa, ularga tegişli çoralar körilişi ma'lum qilingan.

N.Rabbimovaning sözlariga köra, muassasada nosoğlom muhit hukm surmoqda. Xodimlar örtasida özboşimçalik, rahbarlarga böysunmaslik, lavozim vazifalarini bajarmaslik, öz işiga e'tiborsizlik bilan qaraş holatlari közga taşlanmoqda.

Qayd etilişiça, mazkur masala Samarqand viloyati hokimi nazoratiga olinib, muassasadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça qat'iy vazifa va topşiriqlar berilgan.