Özbekiston koronavirusga qarşi kuraşiş maqsadida Osiyo taraqqiyot bankidan 100 mln dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 100 mln dollar qarz jalb qiladi. Bu 27 may kuni qabul qilingan prezident qarorida belgilandi.
Hujjatga köra, qarzlar 10 yillik imtiyozli davrni öz içiga oladi va 30 hamda 40 yilda qaytariş şarti bilan beriladi.
Qayd etilişiça, olingan mablağlarga texnika va jihozlar, tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari sotib olinadi, obektlarda quriliş-ta'mirlaş işlari bajariladi.
Xususan, 2021 yil 1 oktyabrga qadar respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş uçun 1000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.
Osiyo taraqqiyot bankidan ajratiladigan kreditning 35 mln AQŞ dollari tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xaridi uçun yönaltiriladi.
Qarorda belgilanişiça, mazkur kreditlar böyiça qarzni tölaş bilan boğliq xarajatlar, şuningdek, komission va boşqa xarajatlar böyiça tölovlar respublika budjetidan qoplanadi.
Avvalroq, 2021 yilning 1-çoragida davlat qarzi 133,7 mln dollarga kamayib, 21 mlrd dollarni taşkil etgani ma'lum qilingandi. Şuningdek, qarzlar taqsimoti va valuta tarkibi ham oçiqlangan.











