Qoraqalpoğistonda «Özbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan jayronlarni noqonuniy ravişda ovlagan şaxslarga çora körildi. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar bermoqda.

Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi va Qoraqalpoğiston Ekologiya qömitasi hamda «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat boğining davlat inspektorlari, Qönğirot tuman IIV, Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda ekologik huquqbuzarliklarning oldini oliş yuzasidan nazorat tadbiri ötkazildi.

Örganişda Qönğirotdagi «Jasliq» MFYda yaşovçi T.B. va B.R. tomonidan Ustyurt tekisligida noqonuniy ravişda «Qizil kitob»ga kiritilgan 11 boş jayronni ovlagani, yonlarida 11 juft şox borligi aniqlangan.

Holat böyiça barça hujjatlar rasmiylaştirilib tergov, suriştiruv işlarni olib boriş uçun Orol tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasiga ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Törtkölda noyob ösimlik xitoyliklar tomonidan noqonuniy terilayotgani haqida xabar berilgandi.