Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lum qilişiça, «Surxon» davlat qöriqxonasi hududida ilk bor jayronlar tasvirga olindi.
Ma’lum qilinişiça, qöriqxona taşkil etilgan 1986 yildan buyon birinçi marta mazkur hududda jayronlar kuzatilmoqda. Qayd etilişiça, qöriqxonada yaratilgan qulay şaroitlar tufayli Turkmaniston hududidan 10 boş jayron köçib ötgan.
Jayron soni yildan yilga kamayib borayotgan, muhofazaga muhtoj hayvon turlaridan biri hisoblanadi. U Özbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi (IUCN)ning Qizil röyxatiga kiritilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, XX asrning birinçi yarmigaça jayronlar Özbekistonning qum sahrolari va toğoldi adirlarida keng tarqalgan. Bugungi kunda esa ular faqat ayrim tabiiy hududlarda saqlanib qolgan.
Jayron tanasining uzunligi örtaça 110–115 santimetr, vazni esa 25–30 kilogrammni taşkil etadi. Erkaklarining qoramtir rangli, lira şaklidagi şoxlari böladi, urğoçilari esa şoxsiz böladi. Dumining qora tusda ekani sababli u xalq orasida «qoraquyruq» nomi bilan ham tanilgan.
Hozirda jayronlar Özbekistonning Ustyurt yassi tekisligi, Qizilqum, Qarşi çöli hamda Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida uçraydi. Ular odatda poda yoki kiçik guruhlar bölib yaşaydi va keng hududlar böylab köçib yuradi.
Ma’lumot uçun, «Surxon» davlat qöriqxonasi 1986 yil 8 sentabrda Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida taşkil etilgan. Qöriqxonada 200 ga yaqin hayvon turi mavjud bölib, ularning qariyb 30 tasi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

















